Yashil hududlarga e’tibor: yo‘l bo‘yidagi ko‘chatlar parvarish qilinmoqda

Gurlan “TYF” DM tasarrufidagi D220 “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qo‘shko‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yo‘lining 89–90-kilometr oralig‘ida ko‘chatlarni sug‘orish ishlari amalga oshirildi.🛣 Mazkur hududda yo‘l bo‘yida ekilgan manzarali va himoya ahamiyatiga ega ko‘chatlarni parvarishlash maqsadida maxsus texnikalar va ishchi kuchi jalb etildi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan sug‘orish ishlari ko‘chatlarning sog‘lom o‘sishi va yashil hududlarning kengayishiga xizmat qilmoqda.
🌳 Shuningdek, yo‘l bo‘yidagi yashil hududlarni saqlash va rivojlantirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni ta’minlash hamda hududning estetik ko‘rinishini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌳 Bu kabi ishlar nafaqat yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, balki hududni yanada obod va ko‘rkam qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Yashil makon”16-03-2026, 13:33
Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon14-03-2026, 14:03
Xorazmda zamonaviy landshaft dizayni asosida D215 yo‘li obodonlashtirilmoqda31-03-2026, 12:25
Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda29-06-2026, 11:06
Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda24-03-2026, 16:52











