“Yashil makon”


“Yashil makon” — kelajak uchun muhim qadam🔼Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi tomonidan ham qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
🌳Xususan, muassasa tashabbusi bilan tuman hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari yoqalarida, ishlab chiqarish bazasi atrofida hamda aholi yashash hududlariga yaqin joylarda manzarali va mevabop daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ishlar hududning ekologik holatini yaxshilash, atrof-muhitni yanada obod qilish hamda yo‘llar bo‘yida yashil maskanlar barpo etishga xizmat qilmoqda.
🌲Daraxt ekish jarayonida muassasa xodimlari faol ishtirok etib, ko‘chatlarni ekish bilan bir qatorda ularni sug‘orish va parvarishlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratdilar. Yo‘l yoqalarida barpo etilayotgan yashil hududlar kelgusida changni kamaytirish, atrof-muhitni tozalash va iqlimni yumshatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🛣 Hazorasp tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi jamoasi tomonidan bunday ezgu ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, “Yashil makon” loyihasi doirasida yana ko‘plab daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash rejalashtirilgan.
🤩Tabiatni asrash va yashil hududlarni ko‘paytirish — kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo muhit yaratishning muhim omilidir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon14-03-2026, 14:03
Xorazmda zamonaviy landshaft dizayni asosida D215 yo‘li obodonlashtirilmoqda31-03-2026, 12:25
Hamjihatlikda hikmat koʻp14-03-2026, 14:28
Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda24-03-2026, 16:52
E'tiborda hikmat ko'p!24-03-2026, 11:56











