Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати / Соҳага оид хабарлар » Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon

Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon

14-03-2026, 14:03
2
Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon

🔔 Umumxalq xayriya hashari doirasida Xorazm viloyati Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar ishchi-xodimlari faol ishtirok etdi.

⏸ Hashar davomida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash hamda yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yo‘l yoqalariga manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, mavjud yashil hududlar parvarish qilindi. Shuningdek, yo‘llar bo‘yidagi temir-beton to‘siqlar va konstruksiyalar bo‘yalib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi.

✔️ Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududlar obodligini ta’minlash, balki ekologik muhitni yaxshilash, yo‘llar atrofini yanada ko‘rkam va ozoda holga keltirishga xizmat qilmoqda. Hamjihatlik va birdamlik ruhida o‘tgan hashar tadbiri jamoaning yurt ravnaqi yo‘lida bir maqsad atrofida jipslashganini yana bir bor namoyon etdi. 

Xayriya hashari joylarda davom etmoqda!

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.