Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати / Соҳага оид хабарлар » Xorazmda zamonaviy landshaft dizayni asosida D215 yo‘li obodonlashtirilmoqda

Xorazmda zamonaviy landshaft dizayni asosida D215 yo‘li obodonlashtirilmoqda

31-03-2026, 12:25
2
Xorazmda zamonaviy landshaft dizayni asosida D215 yo‘li obodonlashtirilmoqda

🔼 Xorazm viloyatining landshaft dizayni Oʻzbekistonning boshqa hududlariga nisbatan o‘ziga xos tarzda shakllangan. Bu hududning tabiiy-iqlim sharoiti, tarixiy merosi va suv resurslari landshaft ko‘rinishida alohida aks etadi.

📍 "Xorazmyo‘lko‘kalam" DM ishchi-xodimlari tomonidan mazkur yo‘nalishda D215 “Urganch sh. – Xiva sh.” avtomobil yo‘lining 0- kilometr qismida qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar doirasida yo‘l bo‘ylarida zamonaviy landshaft dizayni asosida ko‘kalamzorlashtirish, dekorativ daraxt va butalar ekish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash hamda estetik ko‘rinishni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Mazkur jarayon yakuniga yetgach, shaharning aylanma yo‘lida ekologik muhit yanada yaxshilanib, hududning vizual jozibadorligi ortadi. Shuningdek, bu loyiha transport harakati qatnashchilari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bilan birga, Urganch va Xiva shaharlari o‘rtasidagi yo‘l infratuzilmasining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.