Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ахборот хизмати / Соҳага оид хабарлар » Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

24-03-2026, 16:52
2
Gurlan hududida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

📶  Gurlan tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi tasarrufidagi D220 “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qo‘shko‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yo‘lining 86–87 km qismida joriy ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida yuqori sifatda amalga oshirildi.

✅  Joriy ta’mirlash ishlari doirasida yo‘l qoplamasidagi deformatsiyalar, chuqurlik va yoriqlar bartaraf etildi, eskirgan asfalt-beton qoplama qisman frezer qilinib, yangi asfalt qoplamasi yotqizildi. Shu bilan birga, yo‘l yoqalari tekislandi, suv oqimini ta’minlash maqsadida ariqlar tozalandi va zarur joylarda yo‘l belgilari hamda yo‘l chiziqlari yangilandi.

🗣 Mazkur ishlar maxsus texnika va malakali mutaxassislar tomonidan belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etilgan holda bajarildi. Ta’mirlash jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi va vaqtinchalik yo‘l belgilari o‘rnatildi.

🔵 Amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari natijasida ushbu avtomobil yo‘lining texnik holati sezilarli darajada yaxshilanib, transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratildi. Bu esa hudud aholisi va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.