Ishonch telefoni

Piyodalar xavfsizligi yo‘lida

18-06-2026, 11:01
9
Gurlan tuman Yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan davlat ahamiyatidagi D220 avtomobil yo‘lining 90–93 km qismida piyodalar o‘tish joylarini yangilash va bo‘yash ishlari amalga oshirilmoqda.

🗣Mazkur ishlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar va haydovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan. Yangilangan yo‘l chiziqlari harakat ishtirokchilarining e’tiborini oshirib, yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xorazm viloyati AYBB Axborot xizmat
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.