D217 avtomobil yo‘lida piyodalar yo‘lakchalari chizildi


Gurlan "TYFK" DM tasarrufidagi D217 “Urganch sh. – Gurlan sh. – Mang‘it sh. – Turkmaniston Respublikasi chegarasi” avtomobil yo‘lining 45–46-kilometr qismida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida piyodalar yo‘lakchalarini chizish ishlari amalga oshirildi.⏺Mazkur ishlar belgilangan me’yoriy talablar va texnik standartlarga muvofiq ravishda bajarilib, yo‘l infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Piyodalar yo‘lakchalarining aniq va ravshan chizilishi haydovchilar e’tiborini oshirib, piyodalar harakatini tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
⏺Amalga oshirilgan ishlar natijasida ushbu hududda yo‘l harakati xavfsizligi darajasi oshishi, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda barcha yo‘l qatnashchilari uchun xavfsiz va qulay harakat muhitini yaratish ta’minlanadi.
⏺Kelgusida ham yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud yo‘llarni zamonaviy talablar asosida jihozlash va ta’mirlash ishlari izchil davom ettiriladi.
Xorazm viloyati AYBB matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring











